Taniqli adib Аbduqayum Yo'ldoshning «Sahrodagi muhabbat» qissasi qahramonlari, asosan, yoshlar. Qoraqalpoq zaminida — Ustyurt dashtlarida, bugungi kunda ulkan o'zgarishlar yuz berayotgan hududlarda mehnat qilishadi. Mamlakatimizning turli mintaqalaridan tashrif buyurgan bu yoshlar uch-to'rt tilda gaplasha olishlari bilan bir vaqtda har qanday zamonaviy texnologiyalar bilan tezgina tillashib keta olishadi. Qissa qahramonlarining xatti-harakati, kurash va intilishlari sizda eʼtiroz tug'dirmaydi, balki ularga ishonasiz, xayrxoh, bo'lasiz va ishonamizki, sevib qolasiz.
Kitobni ulashish