Ish vaqti: dush-shanba 09:00-18:00   |   Email: beruniyakm@umail.uz

Beruniy tuman axborot-kutubxona markazida Zulfiyaxonim tavalludining 106-yilligiga bag'ishlangan davra suhbati tashkil qilindi.

1 mart 2021 271 19

1-mart kuni Beruniy tuman axborot-kutubxona markazida O'zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi Zulfiya Isroilova tavalludining 106-yilligiga bag'ishlangan davra suhbati o’tkazildi. Kitobxon o’quvchilar Zulfiyaxonim she’rlaridan parchalar o’qishdi. Axborot-kutubxona markazi xodimi Ballieva A Beruniy tuman xalq ta’limi bo’limiga qarashli 15-sonli umumta’lim maktabida Zulfiyaxonim tavalludining 106-yilligiga bag'ishlangan o’tkazilgan tadbirda qatnashdi. Tadbir so’nggida o’quvchilar bilan kim ko’p kitob o’qidi so'rovnomasi o’tkazildi va axborot-kutubxona markaziga 12 ta o’qituvchi va 7-sinfdan 39, 6-sinfdan 26 kitobxon o’quvchi axborot-kutubxona markaziga a’zo qilindi.

Bolalar kutubxonasida ham doimiy tarzda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar bilan bir qatorda yozuvchi-shoirlar bilan uchrashuv kechasi, har hil interaktiv o'yinlar, viktorina va ijodiy uchrashuv, davra suhbati, kitob taqdimotlari o'tkaziladi. Kitob komillikka intilgan yosh avlodning doimiy hamrohi bo'lib qolishi kerak. 27-38-49 maktablarning 3-4-sinf o'quvchilari ishtirokida “Zulfiyaxonim izdoshlari” mavzusida adabiy-badiiy uchrashuv kechasi bo'ldi. Аxborot kutubxona АKT mutaxasisi B.Sapaeva olib bordi.Uchrashuvda jajji bolajonlar Zulfiyaxonim she'rlaridan parchalar aytishdi.

© 2021-2025. Axborot-kutubxona markazi
Sayt yaratuvchisi: J.Koshimov